TASIMO
TasIMO-2025: xorijiy ishtirokchilar final bosqichiga saralab olindi!

TasIMO-2025: xorijiy ishtirokchilar final bosqichiga saralab olindi!

TasIMO-2025 xalqaro olimpiadasining xorijiy ishtirokchilar uchun tashkil etilgan 1-bosqich ...

TasIMO-2025 xalqaro olimpiadasining xorijiy ishtirokchilar uchun tashkil etilgan 1-bosqich musobaqasida 48 mamlakatdan 850 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Natijalar tahlili hamda olimpiada qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, ulardan 242 nafari final bosqichiga tavsiya etildi. Mazkur olimpiada yoshlarning bilim darajasini baholash, mantiqiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Final bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilar asosiy hal qiluvchi bosqichda o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun, xorijiy mamlakatlarning milliy jamoalari ham olimpiadaning final bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! 🔥 Barcha g‘oliblarga final bosqichda muvaffaqiyatlar tilaymiz!