TASIMO

Umumiy ma'lumotlar

Toshkent – zamonaviy megapolis va qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining markazlaridan biri, mehmondo‘stlik hamda quyoshli bog‘lar shahri. O‘zbekistonning poytaxti o‘zining serhasham metropoliteni, tarixiy obidalari va Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniyat markazi ekanligi bilan ajralib turadi. Batafsil ma’lumot va diqqatga sazovor joylar bilan tanishish uchun O‘zbekiston rasmiy turizm portaliga tashrif buyuring: https://uzbekistan.travel/uz/

Pul va xarajatlar

O‘zbekistonning rasmiy valyutasi – O‘zbek so‘mi (UZS). Yirik supermarketlar, mehmonxonalar va restoranlarda Visa va Mastercard kartalari qabul qilinadi. Biroq, kichik do‘konlar va bozorlarda naqd pul kerak bo‘lishi mumkin. Pul ayirboshlash shoxobchalari va bankomatlarni (ATM) Toshkent xalqaro aeroportida, banklarda va yirik savdo markazlarida osongina topishingiz mumkin.

Taomlar

Toshkent – haqiqiy gastronomik jannat! Bu yerda siz dunyoga mashhur O‘zbek palovi, kabob va somsadan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, shaharda ko‘plab turk, yevropa va koreys oshxonalari mavjud. Aksariyat restoranlar ish kunlari soat 12:00 dan 15:00 gacha hamyonbop "Business Lunch" (tushlik menyusi) taklif qiladi.

Elektr ta’minoti

O‘zbekistonda standart kuchlanish 220 V, chastota esa 50 Gts ni tashkil qiladi. Elektr vilkalari va rozetkalari asosan C va F turlariga (Yevropa standarti) tegishli:

  • C turi: Standart "Euro" vilkasi. E va F rozetkalariga ham tushadi.

  • F turi: "Schuko" deb ham ataladi. C va E vilkalari bilan mos keladi.

Wi-Fi va Internet

Olimpiada davomida ishtirokchilar va mehmonlar uchun maktab hududida bepul Wi-Fi tarmog‘i taqdim etiladi. Doimiy aloqada bo‘lish uchun mahalliy mobil operatorlarning SIM-kartalarini xarid qilishingizni tavsiya etamiz. O‘zbekistondagi asosiy operatorlar:

Taksi va transport

Olimpiada dasturi doirasida ishtirokchilar uchun maxsus transport xizmati tashkil etiladi. Shahar ichida shaxsiy maqsadlarda harakatlanish uchun quyidagi mobil ilovalarni yuklab olishingizni maslahat beramiz.:

  • Yandex Go (eng ommabop va ishonchli taksi xizmati)

  • MyTaxi

  • inDrive

Shuningdek, Toshkent metrosidan foydalanishni unutmang – har bir bekat o‘ziga xos san’at asaridir!