Tashkilotchilar
TASIMO ni tashkil etuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar
Xalqaro Nordik universiteti
Xalqaro Nordik universiteti — zamonaviy bilim, innovatsion muhit va xalqaro ta'lim standartlari uyg‘unlashgan ilg‘or oliy ta'lim maskani. Universitet yoshlarga global tajriba, amaliy yondashuv va raqobatbardosh kasbiy ko‘nikmalarni taqdim etib, kelajak liderlari va mutaxassislarini yetishtirishni maqsad qilgan.
TASIMO ishtirokchilariga murojaat
Aziz iqtidorli o‘quvchi-yoshlar, Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari!
Sizlarni xalqaro ilm-fan maydonida o‘z bilimi, tafakkuri va irodasini namoyon etayotgan iqtidorli yoshlar safida ko‘rib turganimizdan g‘oyat mamnunmiz.
Ushbu nufuzli olimpiada nafaqat bilimlar bellashuvi, balki mantiqiy tafakkur, sabr-toqat va intellektual jasorat tantanasidir.
Hurmatli ustozlar! Sizlarning fidoyiligingiz, kasbiy mahoratingiz va sabr-toqatingiz yosh avlodning yutuqlarida beqiyos o‘rin tutadi. Sizlar nafaqat bilim berasizlar, balki shogirdlaringizda o‘ziga ishonch, izlanish va yutuqqa intilish ruhini tarbiyalaysiz.
Aziz ota-onalar! Farzandlaringizning ilm yo‘lidagi har bir qadamida sizning qo‘llab-quvvatlashingiz, ishonchingiz va mehringiz eng katta tayanchdir. Yoshlarimizdagi har bir natija esa ana shu e'tibor va g‘amxo‘rligingiz samarasidir.
Xalqaro Nordik universiteti va TASIMO jamoasi nomidan barcha ishtirokchilarga yorqin g‘oyalar, yuqori natijalar va yuksak ilmiy tajriba tilaymiz!
IDC ta'lim markazi
IDC ta'lim markazi — bilimni natijaga aylantiruvchi zamonaviy o‘quv maskani. Markaz matematika, mantiqiy fikrlash va akademik tayyorgarlik yo‘nalishlarida chuqurlashtirilgan ta'lim berib, o‘quvchilarning intellektual salohiyati va fan olimpiadalarida muvaffaqiyatga eltuvchi qobiliyatlarini izchil rivojlantiradi.
TASIMO ishtirokchilariga murojaat
Hurmatli bilimdonlar, TASIMO ishtirokchilari!
Matematika — aniqlik, tafakkur va kelajak fanlarining poydevori.
Sizlar bu yo‘lda dadil qadam qo‘yib, o‘z imkoniyatlaringizni sinovdan o‘tkazmoqdasiz va salohiyatingizni izchil oshirib bormoqdasiz. Har bir masala, har bir yechim sizni ilmiy yuksakliklar sari yanada yaqinlashtiradi.
G‘alaba sari intilar ekansiz — bu sa'y-harakatlaringiz muvaffaqiyatli marraning boshlanishi. Har bir ishtirokingiz kelajakdagi buyuk yutuqlar sari muhim qadamdir.
Ilmga bo‘lgan ishonchingizni aslo yo‘qotmang. Kelajak — bilimli, tafakkuri teran va maqsadiga sodiq yoshlar qo‘lidadir!



