TASIMO
Diqqat, diqqat! Matematika olami navbatdagi yosh daholarni kutmoqda!

Diqqat, diqqat! Matematika olami navbatdagi yosh daholarni kutmoqda!

Siz aziz yoshlarni orziqib kutilayotgan "TasIMO-2025" olimpiadasining final bosqichiga chorlaymiz!

Siz aziz yoshlarni orziqib kutilayotgan "TasIMO-2025" olimpiadasining final bosqichiga chorlaymiz! 

Finalga yo‘llanma olganlar orasidan endi eng zo‘r bilimdonlar - tafakkur chempionlari aniqlanadi. 

TasIMO bu - shunchaki musobaqa emas, bu - bilimdonlar bayrami!

Respublikamizning 14 ta hududi, 48 ta xorijiy mamlakatning minglab yulduzlari orasidan tanlangan eng sara finalchilar Toshkentda jam bo‘ladi! 

📆 18-21-may kunlari Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta'lim markazi tomonidan o‘zbekona milliy urf-odatlarimizga ko‘ra olimpiadaga chin mezbonlik qilishga shay! 

TasIMO-2025: nufuzli xalqaro hakamlar hayʼati, shaffof baholash, onlayn kuzatish va albatta do‘stlik, milliy madaniy, ko‘ngilochar va sport tadbirlari maydoniga aylanadi. Green Hills Resortga tog‘ safari - Toshkent viloyati go‘zalliklari ham kashf etiladi! 

📍Olimpiada o‘tkaziladigan manzil: Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22-a uy, Xalqaro Nordik universiteti. 

📍 Mo‘ljal: O‘zbek davlat sirki ro'parasida. 

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:

📞+998555084400

🌐 http://olympiad.nordicuniversity.org/

🔥 Aziz matematiklar, kelajagimiz meʼmorlari! 

⚡️ Aql cheksiz - imkoniyatlar ham albatta cheksiz! Ilm-fan bayrog‘ini baland ko‘tarishingizda barchangizga omad tilaymiz!