Toshkent xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichiga 3 KUN qoldi!
19-may kuni mamlakatimiz va dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyuradigan yosh iste’dod egalari “TasIMO-2026” intellekt maydonida jam bo‘ladi!
✓ 200 nafar mahalliy
✓ 152 nafar xorijiy ishtirokchi
👥 Jami — 352 nafar yosh matematiklar final bosqichida ishtirok etadi.
Bugungi kunda TasIMO nafaqat olimpiada, balki turli davlatlardan kelgan iqtidorli yoshlarni birlashtiruvchi xalqaro intellektual platformaga aylanib ulgurdi. Bu yilgi mavsumga bo‘lgan yuqori qiziqish esa ushbu nufuzli loyiha ko‘lami tobora kengayib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.
🔥 Ayni paytda TasIMO jamoasi barcha ishtirokchilarni yuqori saviyada kutib olish, ular uchun qulay va unutilmas taassurot uyg‘otuvchi muhit yaratish maqsadida qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
❗️Shu o‘rinda, muhim bildirish!
Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar!
TasIMO-2026 mavsumi uchun ajratilgan barcha joylar to‘liq band bo‘lganini ma’lum qilamiz!
Shuningdek, hozirda ham qatnashish istagida bo‘lgan, TasIMOga katta qiziqish bildirayotgan barcha yoshlar va ota-onalarga alohida minnatdorlik bildiramiz!
Joylar soni cheklangani sababli bu safar ro‘yxatdan o‘ta olmagan ishtirokchilardan ranjimaslikni so‘raymiz.
✅ Sizlarning qiziqishingiz va intilishingiz biz uchun juda qadrlidir!
Oldinda TasIMO’ning yangi loyihalari, keyingi mavsumlari va yana-da keng imkoniyatlari kutmoqda.
Ishonamizki, sizlarni navbatdagi mavsumlarda albatta ko‘ramiz!
⚡️ Bildirilayotgan yuksak ishonch, qiziqish va qo‘llab-quvvatlov uchun barchangizga samimiy tashakkur!
🚀 TasIMOda uchrashguncha, deb qolamiz!
Hurmat bilan,
TasIMO maʼmuriyati!