Toshkent xalqaro matematika olimpiadasining 2-bosqich g‘oliblari va hurmatli ota-onalar diqqatiga!
Yurtimizning 134 nafar eng kuchli yosh matematiklari oldida eng muhim — hal qiluvchi final bosqich kutmoqda!
Finalda bellashuv ko‘lami yanada keng, yaʼni O‘zbekiston bilan bir qatorda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Pokiston, Bolgariya va boshqa 13 ta xorijiy davlatdan iqtidorli ishtirokchilar bir sahnada jam bo‘ladi!
19-21-may kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani — azim tog‘lar bag‘ridagi so‘lim maskan — Green Hills Resort.
Final ishtirokchilarini nafaqat intellektual sinov, balki unutilmas tajribalar kutmoqda:
➖ xalqaro do‘stlik va yangi tanishuvlar
➖ sport, milliy va jamoaviy o‘yinlar
➖ hunarmandchilik va sanʼat bo‘yicha master-klasslar
➖ "Zakovat" va “Squid Game” formatidagi zavqli o‘yinlar
➖ varraklar sayli va lavandazorlarda sayru-tomosha,
➖ professional fotosessiyalar.
Shuningdek:
➖ pizza va muzqaymoq partylar, ➖ katta konsert va shou dasturlar, musiqiy kechalar
➖tantanali taqdirlash marosimi ➖ qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari.
Mazkur olimpiada Xalqaro Nordik universiteti, IDC taʼlim markazi, Green Hills resort majmuasi tashkilotchiligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF, Rovan universiteti, Kareliya universitetlari hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Bosh homiy ATB «Asia Alliance Bank».
Axborot hamkorlari — UzReport TV, "Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari.
O‘zingizga ishoning va g‘alaba qozoning!
Eslatma: 19–21 may.
Manzil: Green Hills Resort.
Intilganga tole yor — finalda ko‘rishamiz!